Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati mis eritish zavodi metallurgiya sexida yangi eritish pechi faoliyatini boshladi. OTMK matbuot xizmatining xabar qilishicha, ayni paytda pechni ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.

Pech qurilishi 2015-yilda boshlangan. Boshdan-oyoq qurilishi ko‘zda tutilgan loyiha bo‘yicha yiliga 17 ming tonna misni eritish quvvatiga ega avtomatlashtirilgan pech qurilishi ko‘zda tutilgan.

Germaniyaning Dobersek Engineering kompaniyasi bilan 92 mln dollarlik shartnoma imzolangan edi. Loyiha O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi, OTKM xususiy mablag‘lari va banklarning kreditlari hisobidan amalga oshirildi.