Toshkent hokimiyati saytida O‘zbekiston poytaxtining 2017-yilgi mahalliy byudjeti parametrlari e’lon qilindi. 29-dekabr kuni xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan qabul qilingan hujjat 31-dekabr kuni hokim Rahmonbek Usmonov tomonidan tasdiqlangan.

Toshkent mahalliy byudjetining asosiy parametlari


DAROMADLAR: 2 499 125 228 000
1 Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i 619,642 mlrd
2

Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz iste’moliga soliq

454,733 mlrd
3 Yuridik shaxslardan mol-mulk solig‘i 345,103 mlrd
4 Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar daromadlaridan belgilangan soliq 215,127 mlrd
5 Yer solig‘i (yagona yer solig‘idan tashqari) 163,345 mlrd
6 Aksiz solig‘i 79,124 mlrd
7 Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i 89,748 mlrd
8 Bozorlar daromadlaridan tushumlar 72,848 mlrd
9 Qo‘shimcha qiymat solig‘i 76,14 mlrd
10 O‘zbekiston IIV DYHXB va uning hududiy bo‘linmalari yig‘imlari 39,241 mlrd
11Yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 26,156 mlrd
12 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 15,527 mlrd
13 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan davlat byudjetiga ajratmalar 13,617 mlrd
14 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 19,279 mlrd
15 Kichik korxonalar va mikrofirmalardan olinadigan yagona soliq to‘lovidan davlat byudjetiga tushumlar 14,17 mlrd
16 Davlat bojlari 169,668 mlrd
17 Mahalliy yig‘imlar 14,231 mlrd
18 Jarimalar 46,799 mlrd
19 Boshqa tushumlar 24,618 mlrd

Xarajatlar: 2 499 125 228 000
1 Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish: 1,393 trln

ta’lim 808,348 mlrd

sog‘liqni saqlash 528,448 mlrd

kadrlarni tayyorlash 8,386 mlrd

madaniyat va sport 23,994 mlrd

ilm-fan 670,345 mln

bolali va kam ta’minlangan oilalar nafaqalari 2,423 mlrd

Chernobil fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlarni ijtimoiy muhofaza qilish 4,733 mln

davlat mukofotlari to‘lovlari xarajatlari 2,254 mlrd

ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish markazlari 1,29 mlrd

isitish korxonalari va tizimlarini kapital ta’mirlash 8,164 mlrd

aholining ayrim qatlamlarining shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanishini qoplash 5,525 mlrd

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga qaytarish 3,716 mlrd
2 Iqtisodiyot xarajatlari 274,847 mlrd
3 Markazlashgan investitsiyalar (kapital qurilishlar) 147,011 mlrd
4 O‘zini o‘zi boshqarish organlari xarajatlari 26,765 mlrd
5 Boshqaruv organlari xarajatlari 13,581 mlrd
6 Boshqa xarajatlar 2,386 mlrd
7 Zaxira fondi 3,721 mlrd

Umumdavlat soliqlaridan eng kam ajratmalarni belgilashda paydo bo‘lgan ortiqcha mablag‘lar 637,582 mlrd

Toshkent-2016 byudjeti parametrlari