O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan BMT agentliklari “Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qo‘shma dasturni amalga oshirishga kirishdi.

BMTning inson xavfsizligi Maqsadli fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan uch yilga mo‘ljallangan mazkur dastur doirasida Qoraqalpog‘istonning uchta namunali tumani — Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Shumanayda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlikni yaxshilashga ko‘maklashiladi.

2012−2016-yillarda amalga oshirilgan tashabbuslar tajribasidan kelib chiqqan holda, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi yangi qo‘shma dasturni amalga oshirish uchun eng katta ekologik xatar hududida joylashgan va aholisi 123 ming nafardan ko‘proq bo‘lgan mazkur tumanlarni namunali hududlar deb belgilashni tavsiya qildi. Dastur BMTTB, YUNESKO, YUNFPA (BMT Aholishunoslik jamg‘armasi) va BMTKD (BMT Ko‘ngillilar dasturi) tomonidan amalga oshiriladi.

10−12-yanvar kunlari ko‘rsatib o‘tilgan tumanlarda dasturlar ulardan ko‘zlangan maqsadlar va miqyoslarni tushuntirishga qaratilgan seminarlar ko‘rinishida ishga tushiriladi. Seminarlarda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, qishloq fuqarolar yig‘inlari vakillari, davlat tuzilmalari va mahkamalari hamda xususiy tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Seminar qatnashchilariga Inson xavfsizligi konsepsiyasiga muvofiq ishning eng muhim jihatlari, uni Orol dengizi qurishining salbiy ta’siri eng ko‘p sezilayotgan Qoraqalpog‘istonda qo‘llanishi istiqbollari haqida axborot berilmoqda. Muhokamalar jarayonida har bir tuman uchun o‘ziga xos “muammolar shajarasi"ni shakllantirib borib, namunali hududlarda ekologik vaziyat oqibatida yuzaga kelgan asosiy muammolarni aniqlash uchun mahalliy aholi bilan interfaol munozaralar ham olib borilmoqda. Shunday qilib, kelgusida, hududdagi murakkab ekologik sharoitlarni inobatga olgan holda joylardagi rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi.

Seminarlarda boshqaruvning samarali tizimini yaratish, iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish hamda atrof-muhit himoyasini nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, bunday yondashuv murakkab bo‘lishi bilan birga, o‘zaro bog‘liq masalalarni izchillik bilan bartaraf qilish uchun insonlar turmush faoliyatining turli yo‘nalishlari o‘rtasida rishtalarni yaratish imkonini beradi.

Mazkur dastur “pastdan-yuqori"ga tamoyiliga binoan amalga oshirilib, aholining o‘ziga hamjamiyatlarda ustuvor vazifalarni aniqlash imkoniyati taqdim etadi, shu bilan birga, har bir insonning mahalliy darajada qarorlar qabul qilish jarayonlarida ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratiladi.