Toshkent hokimiyatida 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani alimentlarni to‘lamaganlarga qarshi kurash bo‘yicha yangi chora-tadbirlarga bag‘ishlandi.

O‘tgan yilning 1-dekabri holatiga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtida sud ijrochilari qo‘lida alimentlarni to‘lamaslik holatlari bilan bog‘liq 21,9 ming ish mavjud bo‘lib, ularning 9300 tasi yoki 42 foizi so‘nggi ikki yil davomida qo‘shilgan.

Bosh vazir virtual qabulxonasiga (keyinchalik — Prezident virtual qabulxonasi) Toshkent shahar Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va мо­лиявий ta’minlash департа­ментига fuqarolardan 1524 murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning qariyb yarmi (688 yoki 45 foizi) alimentlar to‘lanmaganligiga oid shikoyatlardan iborat bo‘lgan.

Mazkur muammolarni hal etish uchun 21-dekabrda poytaxt hokimiyati, prokuraturalar, jinoiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, adliya boshqarmalari, IIBB, “Mahalla” jamg‘armasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shma qaror qabul qilindi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, endilikda alimentlarni undirish ishlari nafaqat sud ijrochilari, balki boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari, jumladan, uchastka militsiya nozirlari, mahalla qo‘mitalari vakillari va ish bilan ta’minlash bo‘limlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Aliment to‘lash bo‘yicha qarzi bo‘lgan ishsiz fuqarolar qonuniy tartibda ishga jalb qilinadi. Mehnat boshqarmasi mahallalar, ichki ishlar organlari va sud ijrochilari bilan birgalikda qarzdorga monitoring asosida vakansiyalarni taklif etadi. Rad etilgan taqdirda, sud ijrochilariga ular ishini jinoiy sudlarga topshirish huquqi berildi.

Bo‘lg‘usi sud ishlarining oldini olish uchun sudlarga ajrashuv to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda bir vaqtning o‘zida mol-mulkni bo‘lib olish, bolalar ta’minoti, alimentlarni to‘lash va farzandlarning u yoki bu ota-ona bilan yashashi masalalarini ham ko‘rib chiqish taklif qilindi. Nikoh shartnomalarini majburiy ravishda joriy etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Alimentlarning to‘lanmasligiga qarshi kurash bo‘yicha taklif etilayotgan choralar qatoridan qarzdorlar va ularning oila a’zolari bilan tushuntirish ishlari olib borish ham ko‘zda tutilmoqda. Qarzdorlar, avvalgidek, chet elga chiqish imkoniyatidan vaqtincha mahrum etiladi.

Tadbirda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdagi mahallalarning psixologlar va huquqshunoslar jalb qilingan yarashtiruv komissiyalari faoliyati samarasi o‘laroq 1361 bola tarbiyalanayotgan 1012 oilaning ajralib ketishi oldi olindi.