O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan 2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da AHOLINI TADBIRKOR KILISH» maqsadida har bir xonadonning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bank xizmatlari va kredit mablag‘lariga ehtiyoji o‘rganib chiqilmoqda.

2017 yil davomida respublika hududlaridagi aholi xonadonlarning barchasiga banklarning mas’ul xodimlari tomonidan birma-bir kirib chiqiladi, fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilayotgan kreditlar, ularning shartlari, kredit hujjatlari va garov ta’minoti tug‘risida batafsil tushuntirishlar beriladi.

O‘z navbatida, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga namunaviy loyixalar taklif etilib, ularning kredit hujjatlarini tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatiladi va qisqa muddatlarda kredit mablag‘lari ajratiladi.

Kreditlar quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:

  • chorvachilikni tashkil etish uchun;
  • parrandachilikni tashkil etish uchun;
  • asalarichilikni tashkil qilish uchun;
  • quyonchilikni tashkil qilish uchun;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorchilik va uzumchilikni tashkil etish uchun;
  • issiqxonalar tashkil etish uchun;
  • baliqchilikni tashkil etish uchun;
  • kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish uchun;
  • kasanachilikni rivojlantirish uchun;
  • hunarmandchilikka;
  • sartaroshxona xizmatini tashkil etish uchun;
  • tikuvchilik va chevarchilikni tashkil etish uchun;
  • poyabzap tuzatish ustaxonasini tashkil etish uchun;
  • umumiy ovkatlanish xizmatini tashkil etish uchun;
  • maishiy texnikalarni tuzatish ustaxonasini tashkil etish uchun;
  • go‘zallik salonlari tashkil qilish uchun;
  • aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil silish uchun;
  • avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasi tashkil qilish uchun;
  • avtomobillarni yuvish shahobchasi tashkil qilish uchun;
  • kompyuter xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish uchun;
  • savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun;
  • hammomlar tashkil qilish uchun;
  • nonvoyxona tashkil qilish uchun;
  • milliy shirinliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun;
  • 6oshqa faoliyatni amalga oshirish uchun.
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankining imtiyozli kreditlaridan foydalanib, o‘z biznesingizni tashkil eting.

Batafsil ma’lumotlarni 234−11−17, 234−42−69 telefon raqamlari orqali olish mumkin.