10-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Amani al-Itrni qabul qildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilib, o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish va turizm sohasini rivojlantirish borasida tajriba almashishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.