“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yana to‘rt dona Boeing 787−8 Dreamliner samolyotini xarid qilish bo‘yicha shartnomani imzoladi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.

Yangi “Drimlayner"larning 2019−2020-yillarda yetkazib berilishi kutilmoqda. Shartnoma qiymati xabar qilingan yo‘q.

Yangi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotlarini xarid qilish to‘g‘risidagi kelishuvga korporatsiya prezidenti Reymond Konnerning o‘tgan yil sentyabrda O‘zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan edi.

Ayni paaytda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniya 2016-yilda xarid qilgan ikki dona “Orzudagi layner"dan foydalanmoqda. Reyslar Dehli, Dubay, Moskva, Riga, Tel-Aviv, Istanbul va Olmaotaga amalga oshirilmoqda.