7-yanvar kuni Rossiyaning Samara viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, avtobus va yengil avtomobil ishtirokidagi YTH “Samara-Uralsk” M-32 trassasining Bolsheglushitskiy munitsipal tumanidagi Aleksandrovka va Ledyayka aholi punktlari o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida yengil avtomobil yo‘lovchilari: Norbayev Norbek Olenbayevich, Xudayberganov Marks Ibragimovich (1978-yilda tavallud topgan) va Bobojonov Qahramon Fayzuloyevich (1979-yilda tavallud topgan) hayotdan ko‘z yumgan.

O‘zbekiston FVV respublikaning tegishli vazirlik va mahkamalari bilan hamkorlikda vafot etganlarning yaqinlariga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha choralarni qo‘llamoqda, deyiladi xabarda.