O‘zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan Navoiy va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi, deb xabar qildi “Postda” gazetasi.

Muqaddam (2015-yil iyundan) ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan polkovnik Tursunpo‘lat Toshpo‘latov Navoiy viloyat IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jizzax viloyatiga polkovnik Rustam Tursunov rahbar etib tayinlandi.