2015-yildan buyon “Mahalla” xayriya jamoat fondida rahbar bo‘lib ishlab kelgan Jovdatxon Inog‘omov Toshkentning Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi, deb xabar qildi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati.

47 yoshli Inog‘omov Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

1999−2001-yillarda Toshkent hokimi o‘rinbosari, 2001−2004-yillarda — poytaxtning Olmazor tuman hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. 2004−2006-yillarda “Yoshlik” talabalar shaharchasi ma’muriyatini boshqardi. 2006-yildan Axborot texnologiyalari o‘zbek-koreys o‘quv markazi direktori vazifasida ishlagan bo‘lsa, 2011-yildan “Mahalla” fondida Toshkent shahar boshqarmasi raisi lavozimida faoliyat olib bordi.