Yangi yil arafasida “Qarshi-Dehqonobod” temir yo‘l uchastkasida 2016-yil sentyabrida 90 kilometrlik temir magistralni elektrlashtirish bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Bu 325 kilometrlik “Qarshi-Termiz” uchastkasini elektrlashtirish bo‘yicha loyiha bosqichlaridan biri hisoblanadi. U o‘z yakuniga yetishi bilan teplovozlar elektrovozlarga almashtirilib, yo‘lovchi va yuk tashish xarajatlari qariyb uchdan bir qismga qisqaradi, harakat tezligi ortadi va temir yo‘llarning o‘tkazish imkoniyati kengayadi.

Temir yo‘llarni elektrlashtirishda foydalanilayotgan asosiy butlovchi qismlar mahalliylashtirish dasturlari doirasida O‘zbekiston korxonalari tomonidan tayyorlanmoqda. O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga qarashli “1-sonli energomontaj poezdi” unitar korxonasi xodimlari tomonidan 2000 ta temir-beton ustunlar, 1800 ta konsol, 167 ta metall ko‘ndalang kesmalar, 224 kilometrlik kontakt tarmoqlari qurib bitkazildi.

“Qarshi-Termiz” temir yo‘l uchastkasida elektromontaj ishlari 2017-yilda to‘liq yakuniga yetkaziladi.