O‘zbekiston Milliy universiteti professori Shuhrat Jalilov O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Jamg‘arma rahbarini saylash masalasi jamg‘arma markaziy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.

28-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga muvofiq, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi nomi O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasiga o‘zgartirildi.