O‘zbekiston korxonalari 2016-yilda 818,5 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi. Bu avvalgi yilga qaraganda 38,3 foiz ko‘p demakdir.

“O‘zagroeksport” kompaniyasining xabar qilishicha, sabzavotlar eksporti 242,1 ming tonna (umumiy eksportdagi ulushi — 29,6%), mevalar — 229,6 ming tonna (28%), uzum — 96,2 ming tonna (11,7%), poliz mahsulotlari — 6800 tonna (0,8%), quritilgan mahsulotlar — 124,5 ming tonna (15,2%) va dukkakli mahsulotlar — 120,2 ming tonnani (14,7%) tashkil etdi.

Narx bo‘yicha eksportning asosiy hajmi quyidagi taqsimlandi: yangi gilos (14,4%), mayiz (12,8%), yangi o‘rik (7,63%), yangi uzum (7,57%), mosh (6,91%), yangi pomidorlar (6,86%), loviya (6,51%), yangi ko‘kaktlar (5,65%), yangi shaftoli (nektarin) (4,11%) va yangi xurmo (3,96%).

Meva-sabzavot mahsulotlari dunyoning 43 mamlakatiga eksport qilingan bo‘lib, o‘tgan yilda eksport geografiyasi 9 mamlakat hisobiga yanada boyidi. Ispaniya va Italiyaga konservalangan kovul, Livanga yeryong‘oq, Vetnamga mayiz, Belgiyaga quritilgan mevalar, Shveysariyaga uzum va qovun, Gollandiyaga turshak, Isroilga mayiz va Chexiyaga mayiz hamda mevalar ilk bor eksport qilindi.

O‘tgan yili Hindistonga mosh yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. To‘rtinchi chorakda Hindiston kompaniyalari manziliga 1,167 mln dollarlik 1717,8 tonna hajmdagi dastlabki partiya yuklab jo‘natildi.

2017-yilda O‘zbekistondan 1,27 million tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish kutilmoqda.