«Gazeta.uz» o‘quvchilarning savollariga javob berar ekan, Toshkent metropoliteni va boshqa jamoat transportlarida bepul xizmat ko‘rsatish joriy etilmaganini xabar qiladi.

Nafaqaxo‘rlar uchun metropolitendan 10:00 dan 16:00 ga qadar bepul foydalanishi ehtimoli to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovoldi uchrashuvlaridan birida so‘zlagan edi.

Tahririyatimizning «Toshshahartransxizmat» kompaniyasidan aniqlik kiritishicha, mazkur masala haqiqatdan ham ko‘rib chiqilmoqda, biroq hozircha hech qanday hujjat qabul qilingani yo‘q.