Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida 2016-yil davomida taklif etilgan o‘rtacha narxlar 17 foizga arzonladi. Mazkur ma’lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi “Gazeta.uz"ga taqdim etgan tahlillarda o‘z ifodasini topdi. Panel turidagi uylardagi xonadonlarning o‘rtacha narxi 18,2 foizga arzonlagan bo‘lsa, g‘ishtli uylardagi kvartiralar narxi 16,2 foizga pastladi.

Dekabrda ikkilamchi turar-joy uchun taklif etilgan o‘rtacha narxlar noyabr darajasida qoldi — 552 sh. b. (g‘isht — 585, panel — 526). Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 535 sh. b. (-1%), ikki xonali — 539 (o‘zgarishsiz), uch xonali — 573 (o‘zgarishsiz), to‘rt xonali — 569 (-2%).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.