Tijorat banklari yil davomida “Fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish” kompleks choralari bo‘yicha choralarni amalga oshiradi, deb xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga.

Aholini tadbirkorlikka jalb etish uchun banklar filiallarining mutasaddi xodimlari fuqarolarning uylariga tashrif buyuradi. Mutaxassislar xususiy biznes ochish uchun kreditlar ajratish, ularni olish shartlari va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etishadi.

Kredit olishga qiziqish bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar, hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha maslahatlar berilib, qisqa muddatlarga mablag‘lar taqdim etiladi.

Banklar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kreditlar ajratadi:

  • chorvachilik;
  • parrandachilik;
  • asalarichilik;
  • quyonlarni ko‘paytirish;
  • qishloq xo‘jaligiga oid ishlab chiqarish, bog‘dorchilik va uzumchilik;
  • issiqxonalar qurish;
  • baliqchilik;
  • kichik biznes uchun mini sexlar;
  • uyda qilinadigan ishlar;
  • hunarmandchilik;
  • sartaroshxona xizmatlari;
  • tekstil va tikuv-trikotaj faoliyati;
  • oyoq kiyimlarini ta’mirlash;
  • umumiy ovqatlanish;
  • xo‘jalik texnikalarini ta’mirlash;
  • go‘zallik saloni;
  • aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatish;
  • avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
  • avtobillarni yuvish;
  • kompyuter xizmatlarini ko‘rsatish;
  • savdo;
  • nonvoychilik;
  • qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari.