Abdusalom Azizov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda IIV saytidagi 4-yanvarda yangilangan ma’lumotlar guvohlik bermoqda.

U IIVga 2013-yil dekabrdan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Adham Ahmedbayev o‘rnida faoliyat olib boradi. Bunga qadar Abdusalom Azizov Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

IIVning sobiq rahbari O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.