7-yanvar kuni BoxRec talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi bokschisi Malayziyadagi xalqaro musobaqada ringga ko‘tariladi. Bu haqda BoxRec saytida xabar qilindi.

Ma’lumotnoma. BoxRec — nufuzli Britan resursi bo‘lib, professional bokschilar reytinglarini e’lon qiladi. Ko‘plab promouterlar, menejerlar va bokschilar uning reytingiga kirishga harakat qiladi.

JIBC`da Singapul, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Tailand, Filippin va O‘zbekiston vakillari ishtirok etadi.

Foto: fb.com/pg/malaysiaproboxingchampionship.

23 yoshli Qudratulla Abduqahhorov (8−0−0, 5 KO) 2015 yil oktyabrida o‘z debyutini boshlagan bo‘lib, to‘qqizinchi jangini olib boradi. Unga 28 yoshli filippinlik Romeo Jakosal (18−13−1, 10 KO) raqiblik qiladi. Andijonning Qo‘rg‘ontepasidan bo‘lgan bokschi World Boxing Federation, yoshlar o‘rtasidagi World Professional Boxing Federation va 66,7 kg gacha yarim o‘rta vaznda Osiyoning Asian Boxing Council talqinlari bo‘yicha ham chempionlik tituliga egalik qiladi.

Foto: fb.com/pg/malaysiaproboxingchampionship.

24 yoshli Azizbek Abdug‘afurov (3−0−0, 3 KO) o‘zining so‘nggi jangida 72,6 kg gacha vazn toifasida WBC talqini bo‘yicha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Bo‘lg‘usi jangda u indoneziyalik 34 yoshli Aleksandr Bajavaga (41−2−4, 14 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.