1-yanvardan transport vositalari benzin va dizel yoqilg‘isi iste’moli uchun soliq 130 so‘mga (335 so‘mdan 465 so‘mga) oshdi. Soliqning yangi stavkasi O‘zbekiston Prezidentining 27-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlandi.

Soliq stavkasi oshganiga qaramasdan, benzinning chakana narxi, yil avvalida avtomobil haydovchilari guvoh bo‘lganidek, o‘zgarishsiz qoldi. “O‘zneftmahsulot” kompaniyasidan “Gazeta.uz"ga izoh berilishicha, soliq benzinning oktyabrda belgilangan yagona narxiga kiritilgan.

Ayni paytda, bir litr dizel yoqilg‘isi narxi yangilangan soliq stavkasi hisobga olinganida 130 so‘mga oshib, endilikda avvalgi 2245 so‘m o‘rniga 2375 so‘mni tashkil etmoqda.

Transport vositalari uchun suyultirilgan va siqilgan gaz is’temoliga soliq stavkalari esa o‘zgarishsiz qolgan.