O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga va qardosh turk xalqiga Istanbul shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularini yetkazib qo‘yishni so‘radi, jarohat olganlarga qisqa muddatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Yangi yil kechasi Istanbuldagi Reina tungi klubiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lib, 69 kishi jarohatlangan edi.