Yangi yil nishonlanadigan kunlari O‘zbekistonda iliq havo kuzatiladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab hududlarda kunduzgi havo harorati 10 darajagacha iliq bo‘lsa, faqatgina mamlakat shimolida 2 darajagacha sovushi mumkin.

Toshkentda 31-dekabr-1-yanvar kunlari havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — 0…+2, kunduzi 31-dekabrda — +10…+12, 1-yanvarda — +11…13 daraja Selsiy bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 31-dekabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, 1−3-yanvarda ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2-yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi 31-dekabr-1-yanvar kunlari — −8…−3 daraja, 2−3-yanvar kunlari — −3…+2, kunduzi — −2…+3 dan 0…+5 ga qadar bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31-dekabr-1-yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 2−3-yanvarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2-yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi 31-dekabr-1-yanvar kunlari — +8…+13 daraja, 2−3-yanvar kunlari — −3…+2, kunduzi — +2…+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31-dekabr-1-yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 2−3-yanvarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2-yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi 31-dekabr kuni — joylarda -2 darajagacha, 1-yanvar kuni — +8…+13, so‘ngra asta-sekinlik bilan 0…+5 darajaga qadar pastlaydi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 31-dekabr-1-yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 2−3-yanvarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2 yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi 31 dekabr kuni — ayrim joylarda −2…0 gacha, kunduzi 31 dekabr-1 yanvarda — +8…+13 daraja, 2−3 yanvarda — asta-sekinlik bilan +2…+7 ga qadar pastlaydi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabr-1 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 2−3 yanvarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −2…+3, kunduzi 31-dekabr-2-yanvarda — +5…+10, 3-yanvarda — +2…+7 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 31-dekabr-1-yanvarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, 2−3-yanvarda ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2-yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi −8…−3, kunduzi — 0…+5 darajadan −3…+2 ga qadar atrofida bo‘ladi.