Farg‘ona shahrida hayvonot bog‘i ish boshladi, xabar berdi O‘zA. Ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev so‘zga chiqdi.

Uch gektardan ziyod maydonni egallagan bog‘ O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 20 maydagi «2016−2020 yillar davrida Toshkent hayvonot bog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida barpo etildi. Bu yerda turli o‘lkalardan keltirilgan 70 dan ortiq hayvon va qushlarni ko‘rish mumkin.

Hayvonot bog‘ida tog‘ hayvonlari saqlanadigan bo‘lim ancha keng joyni egallagan. Sher, ayiq, to‘ng‘iz kabi hayvonlar maxsus qafaslarda saqlanadi. Bog‘da, shuningdek, tog‘ qo‘yi, tog‘ echkisi, Afrika tuyaqushi, lama, maxsus hovuzlarda g‘ozlar, noyob baliqlar bor.