Essi brendi sizlarni Yangi yil bilan tabriklaydi! Mahsulotlarimizni ushbu sehrli bayram arafasida taqdim etayotganimizdan xursandmiz. O‘ylaymizki, sifatli sut mahsulotlarimiz Yangi yil uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

Essi brendi haqida

Kompaniyamiz 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilda Essi brendini ishlab chiqdi.

Bugungi kunda kefir, biokefir, qatiq, tvorog, smetana, qaymoq, ryajenka, pishloq, ichimli yogurt hamda tabiiy mevali yogurtlar kabi 30 xil mahsulotlarni Toshkent shahri va viloyatidagi supermarketlardan xarid qilish mumkin.

Ishlab chiqarish texnologiyasi

Sifatli sut mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida Yevropa standartlariga mos uskunalar Italiya va Gretsiyadan xarid qilindi.

Sifatni doimiy nazorat qilish uchun ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan.

Mahsulotning tabiiyligini saqlangan holda iste’molchilarga yetkazish maqsadida doimiy logistik omborxona xo‘jaliklari tashkil etildi.

Esda qolarli dizayn

Essi brendi yaratilishida uning esda qolarli bo‘lishi va boshqalardan farq qilishi muhim edi.

Shu bois Essi mahsulotlari o‘ziga xos, unikal o‘ram va ranglarda taqdim etildi. Bu esa ushbu mahsulotlarni boshqalardan tezda farqlashda yordam beradi.

Mahsulot haqida

Mahsulotlarimiz probiotik mikroorganizmlarning tirik madaniyatini o‘zida aks ettiradi. Bu esa iste’molchilarning sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, kompaniya mamlakatning yuqori malakali mutaxassislarini birlashtirdi. Ular Essi uchun o‘zlarining fantaziyasini, ko‘p yillik an’analarga xos zamonaviy texnologiya va o‘z qalblarining bir qismini qo‘shib sifatli hamda mazali sut mahsulotlarini tayyorlamoqda.

Mahsulotimiz sizning sog‘lom turmush tarzi kechirishingizda yordam berishi va ovqatlanishingizning ajralmas qismiga aylanishiga chin dildan ishonamiz.

  • Vebsayt: essi.uz
  • Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 10-uy
  • Telefonlar: (+998 71) 263 29 29, (+998 95) 198 29 29
  • Email: info@essi.uz

Shuningdek, kompaniyani Facebook hamda Instagram tarmoqlarida ham kuzatish mumkin. Qiziqarli aksiyalar, ma’lumotlar hamda yangiliklardan doimo xabardor qilib turamiz.

Reklama ҳуқуқи asosida. Maxsulotlar sertifikatlangan.