O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Rossiyaning “Krasnodar” klubini tark etdi. Bu haqda, “Krasnodar” rasmiy sayti ma’lumotiga asoslanib, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, “Krasnodar” hamda Xitoyning “Shanxay SIPG” klublari 29 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi transferi borasida kelishuvga erishgan.

Ahmedov 2014 yilda Rossiyaning boshqa bir klubi — “Anji"dan “Krasnodar"ga o‘tgan edi. Shu vaqt mobaynida Ahmedov “Krasnodar” tarkibida 101 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 7 ta golga hamda 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Xitoy klublarida, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasining boshqa a’zolari — Anzur Ismoilov va Yegor Krimets faoliyat yuritmoqda.