O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat organlari davlat chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirish ustida ishlamoqda. Bu haqda 23-dekabr kuni Qozog‘iston Yerik Utembayev jurnalistlar ma’lum qildi, deb xabar berdi “Turkiston-press” NAA.

Bu yerda gap M-39 trassasidagi “Sirdaryo” va “Selinniy” o‘tkazish punktlari maqomini o‘zgartirish to‘g‘risida ketmoqda. Bundan tashqari, “Toshkent-Qazigurt”, “Guliston-Atameken” va “Zangiata-Qoplonbek” o‘tkazish punktlari maqomi ham o‘zgartirilishi haqida gapirilmoqda, deb qayd etdi elchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat iqtisodiyotini inobatga olgan holda amaliy jihatdan mutlaqo yangi mintaqalararo hamda chegaraviy aloqalar va munosabatlar tizimini shakllantirish, shuningdek, chegaralarni ochish zarur.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilning birinchi to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha o‘zaro mahsulot ayirboshlar hajmi 1,548 mlrd dollarni tashkil etdi. Qozog‘iston O‘zbekiston mahsulot ayirboshlashida 8,7 foizlik ulush bilan Xitoy (17,7 foiz) va Rossiyadan (17,2 foiz) keyingi uchinchi o‘rinda turibdi.

“Biroq ikki tomonlama hamkorlikning foydalanilmagan imkoniyatlari qolmoqda”, — dedi Yerik Utembayev. — Shuning uchun sentyabrdagi [ikki davlat prezidentlari] Nursultan Abishevich va Shavkat Miromonovich uchrashuvida yillik mahsulot ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga qadar oshirishga erishishga qaror qilingan edi".

Mazkur topshiriq 22-sentyabrda imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi kelishuvga asos bo‘ldi. Hujjatga muvofiq, o‘zaro neft va neft mahsulotlari, elektrotexnika, mashinasozlik, avtomobilsozlik, farmatsevtika va agrosanoat mahsulotlarini sotish singari yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikdagi savdo uylarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Qozog‘istonning “Bayterek” milliy xoldingi (Qozog‘iston korxonalarining tashqi savdosini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi) va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Mamlakatlar rahbariyatiga mintaqalararo hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasin topshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘istonning “Azia-Avto”, KazKioti, “SamAvto” va GM Uzbekistan zavodlarida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar, avtobuslar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.