Rossiyada Tu-154 aviahalokatida vafot etganlar uchun Dushanba umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi, deb xabar berdi mamlakat Prezidenti Vladimir Putin.

RF Mudofaa vazirligining Aleksandrova nomidagi ashula va raqs ansambli artistlari, Rossiya OAV vakillari bo‘lgan samolyoti Qora dengizning Sochi yaqinidagi qismida halokatga uchradi. Natijada 84 nafar yo‘lovchi va 8 ekipaj a’zosi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qildi RIA Novosti. Moskva viloyatidan havoga ko‘tarilgan va Sochida yonilg‘i quyib, parvozni davom ettirgan.

Samolyot 1983 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, jami 6689 soat parvoz qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tu-154 qulashiga texnik nosozlik yoki samolyotni boshqarishdagi xato sabab bo‘lgan.