25-dekabr kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Ma’ruzada mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida barcha sohalarda diqqatga sazovor islohotlar amalga oshirilgani, yangi bino va inshootlar, ijtimoiy ob’ektlar, uy-joylar barpo etilgani ta’kidlandi.

Ayni paytda viloyatda jiddiy e’tibor qaratish lozim bo‘lgan bir qator dolzarb masalalar mavjud ekanligi ham qayd etildi. Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun mavjud bo‘lgan juda katta imkoniyatlar ishga solinmayapti.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Kabul Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib saylandi.

Viloyatning avvalgi hokimi Erkinjon Turdimov 16-dekabr kuni Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangan edi.