O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubini yo‘lladi. Maktub matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

«Qora dengiz ustida Tu-154 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni og‘ir qayg‘u bilan qabul qildim», — deyiladi maktubda.

«Mening chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman», — qayd etiladi maktubda.