23-dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyatii Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar berdi davlat rahbari sayti.

Prezident taklifi bilan mart oyidan buyon viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Himmat Oqbo‘tayev (1962-yilda tug‘ilgan) Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u 10 yilga yaqin vaqt mobaynida Samarqand viloyati Urgut tumani hokimi sifatida ishlagan, ungacha esa Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari va O‘zbekiston Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatining avvalgi hokimi Zoyir Mirzayev yaqindagina bosh vazir o‘rinbosari hamda mamlakatning qishloq va suv xo‘jaligi vaziri etib tayinlangan edi.