Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev ishchi tashrif bilan Samarqandga tashrif buyuradi. Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, u O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.

Almazbek Atambayev juma kunidan buyon Samarqandda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

Ikki mamlakat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha fikr almashadi.