O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi.

Davlat rahbari o‘z so‘zida viloyatning avvalgi rahbarini ko‘plab muammolarning yig‘ilib qolgani uchun tanqid qildi. Ular orasida eksport va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilmagani aytib o‘tildi.

Prezident taklifi bilan Ulug‘bek Uzoqov viloyatning yangi hokimi etib tayinlandi. Uzoqov bunga qadar Vazirlar Mahkamasi departamentlaridan birini boshqargan.

Sayfiddin Ismoilov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Jizzax shahriga muqaddam Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Abduqahhor To‘xtayev hokim etib tayinlangan edi.