16−18-dekabr kunlari Kaliningradda (Rossiya) Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Viktor Rubov xotirasiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha XXI Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Boks federatsiyasi.

Musobaqada Irlandiya, Belorussiya, Litva, Rossiya va O‘zbekistondan 14−15 yoshli o‘spirinlar va 16−17 yoshli yoshlar, jami — 77 nafar bokschi ishtirok etdi.

11 sportchidan iborat O‘zbekiston jamoasi yetti oltin, bir kumush va bir bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Final bahsida Raimjon Azimov (46 kg gacha vazn toifasida), Timurbek Dehqonov (48 kg gacha), Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev (52 kg gacha), Xayrullo Alimatov (54 kg gacha), Javlonbek Yuldashev (57 kg gacha), Jahongir Yuldashev (60 kg gacha) va Javohir Tog‘aymuradov (80 kg gacha) g‘olib bo‘lib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Navo Tamazov (66 kg gacha) “kumush”, Asadbek O‘rinbayev (60 kg gacha) — “bronza” egasiga aylandi.

Video