Bir necha kun muqaddam Prezident Shavkat Mirziyoyev bir oy muddatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini tayyorlash to‘g‘risidagi farmoyishga imzo chekkan edi. Vazirlik va mahkamalar, joylardagi davlat hukumat organlari, xo‘jalik birlashmalari, jamoat va nodavlat tashkilotlar hujjatga kiritish uchun o‘z takliflarini ilgari surishlari lozim.

“Gazeta.uz” O‘zbekiston hukumati ishchi guruhi bilan kelishgan holda barcha qiziquvchi o‘quvchilarga mazkur dasturga kiritish uchun o‘z takliflarini yuborish imkoniyatini taqdim etmoqda. Sizning fikringizcha, qanday choralar, tadbir va loyihalar 2017-yilgi Davlat dasturiga kiritilishi lozim? Qanday masalalar va muammolarga e’tibor qaratish kerak, deb hisoblaysiz?

Takliflaringiz ko‘rib chiqilishi uchun ular farmoyishda ustuvor deb ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga mos kelishi lozim. Sizdan takliflaringiz imkon qadar aniq va mantiqiy bo‘lishini so‘rab qolamiz.

Iltimos, maxsus formani to‘ldiring.

“Gazeta.uz” taklifi

Taklif: barcha davlat hukumat va boshqaruv organlari rahbarlari (o‘rinbosarlari emas) tomonidan muntazam ravishdavaqti va joyi avvaldan ochiq e’lon qilingan holda matbuot anjumanlarini o‘tkazishni qonunda belgilab qo‘yish. Matbuot anjumaniga kirish ro‘yxat asosida emas, balki barcha milliy va xorijiy jurnalistlar uchun ochiq bo‘lishi lozim.

Maqsad: davlat hukumat va boshqaruv organlari ochiqligi va mutasaddi rahbarlar mas’uliyatini oshirish, aholi xabardorligi darajasini yaxshilash.