Chorshanba kuni “Aeroflot” kompaniyasiga tegishli SU1871 “Toshkent-Moskva” reysining A330 samolyoti O‘zbekiston poytaxtiga parvoz qilganidan so‘ng texnik nosozlik tufayli ortga qaytdi, deb xabar qildi reys yo‘lovchilari “Gazeta.uz"ga.

Bu so‘nggi 10 kun ichida sodir bo‘lgan ikkinchi hodisa hisoblanadi. 12-dekabrda xuddi shu reys samolyoti (boshqa bort raqamli) bir soat kechikib uchgan holda nosozlik sababli tez orada Toshkentga qaytgan edi.

Yo‘lovchilar ma’lumotiga ko‘ra, parvoz taxminan 4:45 da amalga oshirilgan (jadval bo‘yicha — 4:30 da), biroq taxminan bir soatdan so‘ng ekipaj uchish joyiga qaytish zarurati tug‘ilgani haqida xabar bergan. 6:50 lar atrofida layner Toshkentga qo‘ngan.

Poytaxt aeroporti reysni amalga oshirishning aniq vaqtini ma’lum qila olmadi. Ayni paytda samolyotni tekshirish ishlari olib borilmoqda.