Korea Post («Koreya pochtasi») kompaniyasi «O‘zbekiston pochtasi» pochta aloqasi ob’ektlarini modernizatsiya qilish loyihasini ishlab chiqdi. Mazkur loyiha Koreya Respublikasi milliy pochta xizmatining prezidenti Kim Ki Deok boshchiligidagi delegatsiyasining Toshkentga tashrifi vaqtida taqdim etildi, deb xabar qilindi «O‘zbekiston pochtasi» saytida.

«O‘zbekiston pochtasi» bosh direktori Shuhrat Atamuhammedov bilan uchrashuvda pochta operatsiyalari sifatini oshirish, pochta logistikasi tizimini yaxshilash, shuningdek, informatsion texnologiyalari va yangi pochta xizmatlari turlarini keng joriy etish orqali O‘zbekiston pochtasini rivojlantirish qayd etib o‘tildi.

Ikki pochta operatorlarining hamkorlik yo‘nalishlari Seulda aprelda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda belgilab olingan edi. Avgustda koreys tomoni «O‘zbekiston pochtasi» pochta aloqasi ob’ektlarini o‘rganib, shundan so‘ng pochta sohasini modernizatsiya qilish loyihasini ishlab chiqdi.