20-dekabr kuni Toshkentda 2017-yilgi mavsum uchun futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga qur’a tashlandi, deb xabar qildi Professional futbol ligasi sayti.

2017-yilgi Oliy liga o‘yinlari 1992-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston PFL tarixida o‘zbek futboli oliy divizionidagi 26-chempionat hisoblanadi.

Qur’a jarayoni shartlari bo‘yicha jamoalar ikki juftlikka ajratildi: “Lokomotiv” — “Bunyodkor”, “Nasaf” — “Sho‘rtan”, “Paxtakor” — “Obod”, “Metallurg” — “Olmaliq”, “Neftchi” — “Qo‘qon-1912”.

2017-yilgi taqvim 2016-yilgi taqvimi bilan bir xil tarzda tasdiqlandi. Unga ko‘ra, birinchi turda o‘zaro o‘ynaydigan klublar, ikkinchi davrani ham o‘zaro o‘yin bilan boshlashadi.

O‘zbekiston Chempionati yangi mavsumi 1-tur o‘yinlari 4−5-mart kunlariga belgilandi. Ikkinchi tur o‘yinlari esa, 10−11-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Oliy Liga yangi mavsumi 16−17-noyabr kunlari yakunlanlanadi.

Ta’kidlash joiz, amaldagi O‘zbekiston chempioni Toshkentning “Lokomotiv” hamda kumush medal sohibi Toshkentning “Bunyodkor” klublari xuddi oldingi mavsumdagi kabi birinchi davraning so‘nggi turida, shuningdek, mavsumning so‘nggi turida o‘zaro o‘ynaydi.

1-tur:

  • “Mash'al” — “Lokomotiv”
  • "Metallurg" — “Dinamo”
  • "Sho‘rtan" — “Neftchi”
  • "Paxtakor" — “Qizilqum”
  • "Navbahor" — “Obod”
  • "Kokand-1912″ — “Nasaf”
  • "Buxoro" — “Olmaliq”
  • "Bunyodkor" — “So‘g‘diyona”

O‘yinlarning to‘liq jadvali — PFL saytida.