14−17-dekabr kunlari Doxa shahrida (Qatar) og‘ir atletika bo‘yicha ikki musobaqa — Osiyo Kubogi va IV Xalqaro Qatar Kubogi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Misr, Italiya, Niderlandiya, Qozog‘iston, Kamerun, Uganda, BAA, Iroq, Hindiston, Yaponiya, Tojikiston, Nepal, Afg‘oniston, Tailand, Qatar va boshqa davlatlardan sportchilar ishtirok etdi. O‘zbekiston nomidan esa olti vakil qatnashdi.

Og‘ir atletika federatsiyasining “Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, 105 kg dan yuqori vazn toifasida Rustam Jangaboyev uch oltin va bir kumush medalni qo‘lga kiritgan holda Osiyo Kubogi chempioni bo‘ldi.O‘zbekistonlik sportchi ikki kurashda 430 kg to‘pladi (“oltin”) — siltab ko‘tarishda 190 kg (“kumush”) va dast ko‘tarishda 240 kg (“oltin”). Sportchi Xalqaro Qatar Kubogida ham oliy o‘ringa loyiq deb topildi.

Qayd etish doizki, bu Osakada (Yaponiya) Igor Xalilov tomonidan +105 kg vaznda Osiyo Kubogi qo‘lga kiritilganidan 16 yil o‘tib birinchi g‘alaba hisoblanadi. O‘shanda o‘zbekistonlik siltab ko‘tarishda 190, dast ko‘tarishda 232,5 kg natija qayd etgan edi.