O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-dekabr kuni fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar 2017-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2017-yilning fevral-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.