Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng ilk qonunga imzo chekdi. 19-dekabr kuni davlat rahbari tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonun matni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilindi.

Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 6-dekabrda qabul qilinib, 13-dekabrda Senat tasdig‘idan o‘tgan edi. Prokuratura organlari xodimlari kuni 8-yanvarda nishonlanadi. 1992-yilning xuddi shu kuni “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilingan.

Sentyabrda Shavkat Mirziyoyev Prezident v. b. sifatida bir qator qonunlarga imzo chekkan edi.