Anqarada Rossiya elchisi o‘ldirildi

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov dushanba kuni Anqarada o‘ldirildi. Hujum fotoko‘rgazma ochilishi vaqtida sodir etildi. Qotil rasmiy kiyim va bo‘yinbog‘da bo‘lib, elchining ortida turgan. Hujum qiluvchi maxsus operatsiya natijasida o‘ldirildi. Uning ism-sharifi Mevlyut Altintash bo‘lib, ikki yarim yil muqaddam politsiyaga ishga kirgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hodisani “qabih qotillik” hamda Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni va Suriyadagi vaziyatni o‘nglash bo‘yicha ishlarni buzishga qaratilgan tashviqot deb atadi. // RIA Novosti

Saylov hay’ati Tramp g‘alabasini tan oldi

AQSHning saylangan Prezidenti Donald Tramp saylovning ikkinchi bosqichida elektorlarning yetarli miqdordagi ovozini to‘pladi, guvohlik bermoqda shtatlardagi ovoz berish bo‘yicha onlayn-ma'lumotlar. G‘alaba qozonish uchun shtatlardagi 538 elektorning 270 nafari qo‘llab-quvvatlashi talab etilar edi. 8-noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda Tramp elektorlarning 306 ovoziga ega bo‘ldi, Klinton uchun esa 232 elektor ovoz bergan. Ko‘plab ekspertlar elektorlar saylovchilarning ixtiyoriga zid ravishda ovoz bergan, degan gumonni ilgari surgan. Yakuniy natijalar 6-yanvar kuni kongressda e’lon qilinadi. // RIA Novosti

XVJ rahbari mas’uliyatsizlikda aybdor deb topildi

Hukumat a’zolari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini ko‘rib chiquvchi Fransiya maxsus sud instansiyasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard ishi bo‘yicha ayblov hukmini chiqardi. Bunda unga nisbatan hech qanday jazo chorasi belgilanmadi va u o‘z lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Hukm 1993-yilda Bernar Tapi — taniqli tadbirkor, siyosatchi va sobiq Prezident Nikolya Sarkozining do‘sti tomonidan Adidas kompaniyasining sotib yuborilishi bilan bog‘liq ish yuzasidan chiqarildi. XVJ rahbari mamlakat iqtisodiyot va moliya vaziriga bosim o‘tkazilganiga loqaydlik bilan qaraganlikda ayblangan. Uning bu harakatsizligi esa davlat mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilishi yoki talon-taroj qilinishiga olib kelgani aytilmoqda. // RIA Novosti

Rossiyada zaharlanish oqibatida 50 nafardan ziyod kishi halok bo‘ldi

Dam olish kunilari Rossiyaning Irkutsk shahrida spirt saqlovchi qalbaki “Boyarыshnik” vositasidan ommaviy zaharlanish qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 53 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Vosita tarkibida metil spirti aniqlangan. // RIA Novosti

Berlinda yuk mashinasi odamlar galasi ustiga bostirib bordi

Berlin markazida yuk mashinasi yangi yil yarmarkasidagi odamlar galasi ustiga bostirib borishi oqibatida 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 48 kishi shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ularning ayrimlari og‘ir ahvolda. Politsiya hozircha hodisani terakt deb atayotgani yo‘q, biroq yuk mashinasi haydovchisi nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganini ma’lum emasligini ta’kidlab o‘tgan. Germaniya Bosh prokuraturasi tergovni o‘z zimmasiga olgan. // RIA Novosti