O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga general-leytenant Bahodir Matlyubov boshliq etib tayinlandi.

U 2006-yildan 2013-yilgacha IIVga rahbarlik qilgan, nafaqaga chiqishi sababli Prezident qarori bilan vazifasidan ozod etilgan edi.

Matlyubov general-mayor Shavkat Ikromov o‘rniga Akademiyaga rahbar bo‘ldi.