14−18-dekabr kunlari Nijnevartovskda (Rossiya)neft ishlab chiqaruvchi davlatlar o‘rtasida Farman Qurban o‘g‘li Salmanov xotirasiga bag‘ishlangan XIV Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda Osiyo va Yevropaning 14 mamlakatidan 130 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi, deya xabar qildi Boks federatsiyasi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston termasi ikki oltin, bir kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Final bahsida Iqboljon Xoldorov (64 kg gacha vazn toifasida) Rossiya vakili Aleksey Mazur, Isroil Madrimov (75 kg gacha) esa rossiyalik Aleksandr Agafanovga imkoniyat qoldirmadi va kubok sohibi hamda “xalqaro toifadagi sport ustasi” maqomi egasiga aylandi.

Mironshoh Ibragimov (49 kg gacha) musobaqaning so‘nggi bosqichida rossiyalik Belik Galanovdan mag‘lub bo‘lib, birinchilik “kumush"i bilan cheklandi. Mirazizbek Mirzaxalilov (56 kg gacha) va Ulug‘bek Mubinov (+91 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Foto