«Toshshahartransxizmat» Toshkentdagi barcha avtobus bekatlarini informatsion tablolar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda, deb xabar qilindi kompaniya saytida.

Ayni paytda avtobuslar harakat jadvali va boshqa foydali ma’lumotlar (valyutalar kursi, ob-havo) bir qator: «6-tug‘ruqxona», «Dunyo supermarketi», «Chimyon do‘koni» va «Grand Mir Hotel» bekatlariga o‘rnatilgan.

Tablo kuniga 24 soat ishlaydi, bunda 6:00 dan 23:00 gacha avtobuslar harakati jadvalini ko‘rsatib turadi.

Loyiha «Toshshahartransxizmat» va «Toshtransdispetcherxizmat» korxonasi tomonidan Grand Technology Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.