16-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatda tashrif bilan bo‘lib turgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkan bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Britaniya hamkorligining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga qiziqish bildirildi hamda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.