15-dekabr kuni Toshkentdagi Next oilaviy savdo-ko‘ngilochar majmuasi Ice Rink muz yaxmalagida bolalar o‘rtasida shaybali bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ichki xokkey to‘garaklari tarbiyachilari va “Bunyodkor” xokkey jamoasi o‘yinchilaridan iborat 60 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Musobaqa to‘rtta yosh guruhi: kichik (4 dan 6 yoshgacha), o‘rta (7 dan 9 gacha va 10−12 yosh) hamda katta (13 yoshdan) bo‘yicha o‘tkazildi. Har bir o‘yin 15 daqiqadan 5 daqiqalik tanaffus bilan 3 qism davom etdi. O‘rtoqlik uchrashuvi maqomida bo‘lganiga qaramasdan, o‘yinlar juda keskin va sur’atli kechdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga tashkilotchilar va tadbir homiylarining esdalik sovg‘alarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Foto