Elektron litsenziyalash portali test rejimida ishga tushirildi, deya xabar qildi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi matbuot xizmati.

Portal yordamida O‘zbekiston tadbirkorlari quyidagi yo‘nalishlarda litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishi mumkin:

  • transport;
  • arxitektura va qurilish;
  • birja, riyeltorlik faoliyati, lombardlar, lotereyalarni tashkil qilish;
  • madaniyat, noshirlik faoliyati, reklama;
  • qimmatbaho metallar va qimatbaho toshlarning aylanishi;
  • savdo faoliyati;
  • bojxona faoliyati;
  • bank, sug‘urta, qimmatbaho qog‘ozlar, mikrokreditlash;
  • neft va gaz majmuasi, tabiiy resurslardan foydalanish;
  • tibbiy faoliyat, farmatsevtika, veterinariya;
  • xavfli tovarlar va buyumlarning aylanishi;
  • audit, baholash va advokatlik faoliyati;
  • axborot texnologiyalari, kriptohimoya, EHM uchun dasturlar va fonogrammalar;
  • — ta’lim, sport va turizm va boshqalar.

Portalning da’vogarlar va litsenziyalovchi organlar o‘rtasidagi aloqalar samaradorligini oshirish, litsenziyalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yanada ochiqligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Foydalanuvchilarga elektron resursni sinovdan o‘tkazish hamda taklif va mulohazalarni Facebook sahifasiga yuborish taklif etilmoqda.