16-dekabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.

2011-yilda Buxoro viloyati hokimi etib tayinlangan Muhiddin Esonov vazifasidan ozod etildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘ktam Barnoyevni hudud rahbari lavozimiga tayinladi.

Barnoyev ikki marotaba — 2008 va 2010-yillarda Samarqand viloyatiga hokim etib tayinlangan.