O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni G‘ofurjon Mirzayevni Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Davlat rahbarining boshqa farmoni bilan esa viloyat hokimi sifatida 2010-yildan buyon ishlab kelayotgan Oybek Ashurmatov lavozimidan ozod etildi.