10−11 dekabr kunlari Toshkentda armrestling bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyi Pavl Dokuayev xotirasiga bag‘ishlangan O‘zbekiston mutlaq chempionati bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Armrestling federatsiyasi «Gazeta.uz"ga.

Armrestling bo‘yicha respublikaning mutlaq chempionlarini aniqlash uchun 300 nafardan ziyod sportchilar ishtirokida viloyatlarda saralash bosqichlari o‘tkazilib, ulardan faqatgina 20 nafari finalga yetib keldi.
Ikki musobaqa kuni yakunlanlariga ko‘ra, mutlaq vazn toifasida chap qo‘lda Dmitriy Dokuchayev (Toshkent viloyati) g‘olib chiqdi, ikkinchi o‘rinni Aziz Tojiyev (Toshkent viloyati), «bronza"ni esa Husan Sagdiyev (Samarqand viloyati) egalladi.
O‘ng qo‘ldagi bellashuvlarda esa Qudratulla Niyoziy (Andijon viloyati) oltin, Aziz Irmatov kumush va Abror Rustamov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa davomida O‘zbekiston Armrestling federatsiyasida yil yakunlari o‘tkazilib, 2017 yildagi maqsadlar belgilab olindi.

Foto