15-dekabr kuni Toshkentdagi Next oilaviy savdo-ko‘ngilochar majmuasida joylashgan Ice Rink muz yaxmalagida bolalar o‘rtasida shaybali xokkey bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi. Unda 60 nafarga yaqin sportchi — xokkey to‘garaklari a’zolari va “Binokor” xokkey jamoasi o‘yinchilari ishtirok etadi, deya xabar qilindi tashkilotchilar matbuot xabarnomasida.

Musobaqa to‘rtta yosh guruhi: kichik (4 dan 6 yoshgacha), o‘rta (7 dan 9 gacha va 10−12 yosh) o‘rtasida tashkillashtiriladi. Har bir o‘yin 5 daqiqalik tanaffus bilan 15 daqiqalik uch qismdan iborat bo‘ladi.

“Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda tomoshabinbop va foydali sport turi hisoblangan xokkeyni ommaviylashtirishdan iborat, — dedi „Binokor“ bosh murabbiyi Alisher Azimov. — Bundan tashqari, bu jamoalarimizning ham respublika, ham undan tashqaridagi bo‘lg‘usi musobaqalarda ishtirok etishi uchun o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik xokkeychilar shu yilning bahorida xalqaro arenadagi debyutini o‘tkazgan edi. Mart oyida “Binokor” Chimkentda (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Unda kichik yosh guruhi sportchilari kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, katta yosh guruhlari o‘rtasida bronza medaliga sozovor bo‘ldi. 6−8 yosh guruhida Maksim Em musobaqa yakunlariga ko‘ra “Eng yaxsh himoyachi” maqomini qo‘lga kiritdi.

Bolalar ijodiy jamoalarining chiqishlari, yosh tomoshabinlar uchun xilma-xil tanlovlar musobaqani ochib beradi. bellashuvlar yakuni bo‘yicha g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazilib, unda g‘oliblarga tashkilotchilar va musobaqa xomiylarining sovg‘alari taqdim etiladi.

Musobaqalar 10:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi. Kirish bepul.